“O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi tomonidan amalga oshirilayotgan tranzaksiya operatsiyalarining samaradorligi” mavzusida master-klass tashkil etildi

“O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi tomonidan amalga oshirilayotgan tranzaksiya operatsiyalarining samaradorligi” mavzusida master-klass tashkil etildi

 

2023-yil 27-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” hamda “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalari” kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi mutaxassislari “O‘zbekiston Respublikasi Yagona protsessing markazi tomonidan amalga oshirilayotgan tranzaksiya operatsiyalarining samaradorligi” mavzusida master-klass o‘tkazdilar.

 

Yagona protsessing markazi  “Joriy etish va integratsiya qilish” bo‘yicha bosh mutaxassis B.Ikramov o‘z chiqishida  Yagona protsessing markazida UZCARD tranzaksiya operatsiyalari haqida umumiy ma’lumotlar, sodir bo‘lgan hujumlar, xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar, UZCARD imkoniyatlari va rivojlantirishga doir yangi loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

 

Master-klass davomida Yagona protsessing markazi “Iste’dodlarni jalb qilish va rivojlantirish” bo‘yicha yetakchi mutaxassis K.Kulmatova kafedra professor-o‘qituvchilarining mavzuga oid bergan savollariga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi nazariya bilan amaliyot integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilishini qayd etishdi.

15:57 / 2023-12-27
Success helper
Success warning