“Yalpi ichki mahsulotni hisoblash metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkillashtirildi
2022-yil 27-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti "Statistika va ekonometrika" kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig’i PhD Mamadjanov Abrorali Ashiraliyevich tomonidan “Yalpi ichki mahsulotni hisoblash metodologiyasini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkillashtirildi.
Master-klass jonli muloqot tarzda o’tkazilib, professor-o’qituvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga real statistika ma’lumotlari asosida javob oldilar.