“Bank auditning roli va vazifalari, auditorlik risklari va auditorlik xulosasi" mavzusida master-klass tashkil etildi

“Bank auditning roli va vazifalari, auditorlik risklari va auditorlik xulosasi" mavzusida master-klass tashkil etildi


2023-yilning 11-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Bank hisobi va auditi” kafedrasining ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha “Yo‘l xarita” sida belgilangan vazifalardan kelib chiqib holda “Bank ishi” fakulteti 4-kurs talabalari uchun Ernst & Young auditorlik kompaniyasining menejment riski va ichki audit konsalting bo‘limi, moliyaviy xizmatlar guruhi katta maslahatchisi D.Sultonova va “Bank hisobi va auditi” kafedrasi dotsenti G.Babayeva bilan hamkorlikda “Bank auditning roli va vazifalari, auditorlik risklari va auditorlik xulosasi» mavzusida master-klass tashkil etdi. 

Master-klassda auditining o‘rni, ahamiyati va vazifalari kabi masalalar muhokama qilindi, “Katta to‘rtlik” kompaniyalari faoliyatining asosiy jihatlari, bank auditi jarayonlarining umumiy ko‘rinishi va auditda rejalashtirish tushunchalari, auditdagi risklar, auditorlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. 

Talabalar mavzu materiallarini katta e'tibor bilan tingladilar. Ularni qiziqtirgan savollar, jumladan, bank auditini tashkil etish, auditorlik faoliyatidagi kasb etikasi masalalari bo‘yicha savollar berildi, berilgan savollar bo‘yicha batafsil tushuntirishlar va ma’lumotlar olindi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi va o‘quvchilar o‘z ta’lim jarayoni bilan bog‘liq kasb vakillari bilan bunday uchrashuvlarni yanada tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdilar.

12:38 / 2023-11-12
Success helper
Success warning