“Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida master-klass o‘tkazildi
Joriy yilning 25-dekabr kuni qishki ta’til mobaynida “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan kafedraning professor-o‘qituvchilarini bilimini yanada takomillashtirish yuzasidan “Sug‘urta faoliyatini amalga oshirishdagi muammolar va yechimlar” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Master-klassga “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ Bosh direktorining sug‘urta bo‘yicha o‘rinbosari Sharobiddinov A.G. taklif etildi. Master klassda sug‘urta bozoridagi mavjud muammolar va ularning yechimi to‘g‘risida fikr mulohaza yuritildi.