“Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari” va “Antiplagiat va uni bartaraf etish yo‘llari” mavzularida master-klass tashkil etildi
Joriy yilning 20-sentabrda Toshkent moliya instituti, Ilmiy -tadqiqotlar,innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar, tayanch doktorantlari “Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish tartib-qoidalari” va “antiplagiat va uni bartaraf etish yo‘llari” mavzularida master-klass tashkil etildi.
Ushbu master-klassdan ko‘zlangan maqsad – doktorantlarning dissertatsiya ishlari doirasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, tajribalar o‘tkazib, olingan natijalarga ishlov berish va tahlil qilish hamda plagiat va uni bartaraf etgan holda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish va himoyaga tayyorlashda yordam berishga mo‘ljallangan.