“Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolari” mavzusida master-klass oʻtkazildi
2022-yil 27-dekabr kuni Toshkent moliya instituti “Byudjet hisobi va gʻaznachilik” fakulteti “Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi professor-oʻqituvchilari uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori oʻrinbosari Elmuratov Oybek Umurzakovich tomonidan “Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish muammolari” mavzusida master-klass oʻtkazildi.
O.Elmuratov oʻz maʼruzasida investitsiya faoliyatini tartibga solish borasidagi qonunchilikdagi oʻzgarishlar, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasidagi asosiy tendensiyalar, investitsiyalar samaradorligi va respublikamiz hududlariga xorijiy investitsiyalar jalb qilish borasidagi muammolarga toʻxtalib oʻtdi.
Master-klass yakunida maʼruzachi O.Elmuratov professor-oʻqituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning oʻtkazilishi fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlashga xizmat qilishini qayd etishdi.