Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi vakillari Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi
Joriy yilning 16-may kuni Toshkent moliya institutiga Koreya Respublikasi Statistika idorasi delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institut rahbariyati bilan kelgusida statistika sohasida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari toʻgʻrisida fikr almashib, institutda faoliyat yuritayotgan “Statistika laboratoriyasi” bilan tanishdi hamda kafedra professor-oʻqituvchilari va talabalar bilan uchrashib oʻzaro tajribalar almashishdi.
Shuningdek, mehmonlar institutning zamonaviy axborot-resurs markazi hamda “Digital finance” inkubatsiya va akseleratsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.