Toshkent moliya instituti va Oʻzbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi

Toshkent moliya instituti va Oʻzbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi

 

Joriy yilning 16-yanvar kuni Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “Volontyorlik faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirishga qaratilgan Harakatlar dasturi toʻgʻrisida”gi 2022-yil  24-avgustdagi 01-07/31, 31 q/q, 35 q/q, 8 q/q-son qoʻshma Qaroriga muvofiq Toshkent moliya instituti va Oʻzbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi oʻrtasida oʻzaro kelishuv memorandumi imzolandi.





Ushbu tadbirda Toshkent moliya instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Karimova Komila Daniyarovna,  Oʻzbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi raisi Abidova Shirin Raximjanovna, Oʻzbekiston volontyorlar Assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Xudoyberdiyeva Malika Olimovna, “Солнышко” Erkin volontyorlik harakati koordinatori Mullajanova Munisa Ahmadjonovna, Toshkent moliya instituti "Volontyorlik markazi" rahbari Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich va Yoshlar masalalari bo’yicha rektor maslahatchisi, Yoshlar yetakchisi Butayev Javlonbek Inatillo o‘g‘li ishtirok etishdi.  








Tomonlar o‘rtasidagi o‘zoro hamkorlik memorandumga muvofiq, kelgusida “Bitta talaba bitta o‘quvchi” (1+1) loyihasi asosida maktablarda volontyorlik harakatlarini, “Biz birgamiz” shiori ostida imkoniyati cheklangan insonlar uchun ko‘ngilochar tadbirlar, “Dunyo biz bilan yashil” loyihasi asosida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talabalar o‘rtasida ekovolontyorlik tashabbuskor guruhlarini tashkil etish masalalari kelishib olindi.  








 

  


 

 

14:38 / 2024-01-20
Success helper
Success warning