Toshkent moliya instituti va Kyungvon universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

Toshkent moliya instituti va Kyungvon universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

 

Xabar qilganimizdek, institutimiz vakillari Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Koreya oliy taʼlim muassasalari rektorlari forumida ishtirok etishdi.



 

Mazkur Forum yakunida Toshkent moliya instituti va Kyungvon universiteti (Kyungwoon University) o‘rtasida taʼlim, almashinuv dasturlari, ilmiy tadqiqotlar va boshqa tegishli sohalarda ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.


 

18:26 / 2023-03-27
Success helper
Success warning