Toshkent moliya instituti akademik litseyi va Janubiy Koreya Respublikasining Kyungdong universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
2024-yil 15-yanvar kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyi va Janubiy Koreya Respublikasining Kyungdong universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Akademik litsey ijrochi direktori Dilfuza Komilova va Kyungdong universiteti Prezidenti professor John Lee o'rtasidagi amaliy uchrashuvlarda akademik litseyda "Koreys tili va madaniyat markazi" faoliyatini yoʻlga qo'yish, mazkur nufuzli xorijiy universiteti tomonidan akademik litseyning 50 nafar iqtidorli bitiruvchilariga har oʻquv yilida bakalavriat ta'lim yo'nalishlarida tahsil olishlari uchun grantlar ajratilishi borasida kelishuvlarga erishildi.