Jean Monnet Erasmus+ dasturining gender tengligi bo‘yicha TOT MODULI (trenerlar uchun trening) loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jean Monnet Erasmus+ dasturining gender tengligi bo‘yicha TOT MODULI (trenerlar uchun trening) loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

2023-yil 1-noyabr kuni Toshkent moliya institutining “Budjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan Erasmus+ dasturining gender tengligi bo‘yicha Jan Monne loyihasi – TOT MODULI (trenerlar uchun trening) taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

 

 

Tadbirni fakultet dekani R.Saidov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.

 

 

Ushbu loyihaning dolzarb masalalari nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki O‘zbekistonning ham joriy maqsadlari ro‘yxatiga kiritilgan gender tengligi masalalari hisoblanadi. Loyiha doirasida respublika miqyosida o‘quv kurslarini o‘tkazish rejalashtirilgan, shuningdek, qo‘shimcha tadbirlar (davra suhbati, seminar, konferensiya) tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

 

 

Loyiha taqdimoti davomida gender tengligi va gender yondashuvi masalalari bo‘yicha huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida loyiha koordinatorlari N. Yunusova va F. Saloxo‘jayeva tomonidan o'qituvchi va talabalar o‘rtasida trening o‘tkazildi.

 

 

 

 

Tadbirda oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari va talabalari qonun ustuvorligini, jumladan, milliy qonunchilik va bu boradagi ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ayollar va erkaklar tengligini samarali ta’minlaydigan professional kadrlar tayyorlashning eng muhim bo‘g‘ini ekanligi ta'kidlab o'tildi.

14:47 / 2023-11-02
Success helper
Success warning