Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi
Joriy yil 26-aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Lobachevskiy nomidagi Nijniy Novgorod davlat universiteti rektori Zagaynova Yelena Vadimovna boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama strategik hamkorlikni o’rnatish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomidagi muzokaralarda institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektor S. Mehmonov, bo’lim boshliqlari S.Avazxodjayev hamda G.Xalikulovalar ishtirok etishdi.
Uchrashuv yakunida, o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.