Moskva davlat universitetida oʻtkazilgan konferensiyada institut vakillari ishtirok etdi

Moskva davlat universitetida oʻtkazilgan konferensiyada institut vakillari ishtirok etdi

2023-yil 1-iyun kuni M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida “Sugʻurta, taʼlim va fan” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.

 

Konferensiya ishida Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputatlari, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi, Markaziy banki hamda yetakchi sugʻurta kompaniyalari va oliy taʼlim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

 

Konferensiya doirasida global iqlimning oʻzgarishi, raqamli texnologiyalarning shiddat bilan kirib kelishi va kiberrisklarning koʻpayishi sharoitida sugʻurta sektorini tubdan isloh qilish va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Konferensiyada institutning “Sugʻurta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri X.Shennayev “Oʻzbekiston va Belarus Respublikalarida sugʻurtalovchilar toʻlov qobiliyatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish” mavzusida onlayn formatda maʼruza qildi. Maʼruza konferensiya qatnashchilari tomonidan qizgʻin kutib olindi va muhokama qilindi.

 

Konferensiya yakuni boʻyicha sugʻurta sohasini yanada rivojlantirish, bu boradagi mavjud muammolarni hal etish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

10:29 / 2023-06-02
Success helper
Success warning