Toshkent Moliya Institutida O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan seminar-trening tashkil etildi

Toshkent Moliya Institutida O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan seminar-trening tashkil etildi

Joriy yil 20-oktabr kuni Toshkent moliya institutida O`zbekiston Respublikasi Markaziy Banki “Moliyaviy savodxonlikni oshirish” departamenti tomonidan seminar-trening bo`lib o`tdi. Seminarda departament bosh iqtisodchi-mutaxassislari K.Ibragimova va D.Narzullayeva, Bank ishi fakulteti dekani U.Ortiqov, dekan muovinlari S.Djumanov hamda B.Boyev, “Moliya” kafedrasi dotsenti Sh.Hamdamov, hamda fakultet talabalar ishtirok etishdi. Seminar-trening “Moliyaviy savodxonlik sari, qachon va nimadan boshlash kerak” mavzusida tashkil etildi. Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan seminarda talabalar o`zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi va kelgusida Markaziy Bank tomonidan tashkil etiladigan treninglarda talabalar volontyor bo`lib ishtirok etishlari mumkinligi haqida bilib olishdi.







Qo`shimcha savol va takliflarni www.finlit.uz saytidan olishingiz mumkin.
 

11:07 / 2021-10-21
Success helper
Success warning