“Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasi tashkil etildi
Toshkent moliya institutining koʻngilli rahbariyati, ishchi-xodim, tyutor va talaba-yoshlari “Yoshlar Orolni asraydi” aksiyasi doirasida hamda “Vatan boʻylab sayohat” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumanida boʻlishdi.
Institut vakillari tuman hokimi B.Menglibekov, hokim oʻrinbosari B.Ubbiniyazov ishtirokida Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplamalar yaratish holati bilan tanishib, Orolbuyi innovatsiya markazining Moʻynoq tajriba-sinov uchastkasida amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar bilan tanishishdi.
Shuningdek, Moʻynoq tumani sharoitida yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish yuzasidan muloqot tashkil etildi. Toshkent moliya instituti va tuman hokimligi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik masalalari kelishib olindi.