Toshkent moliya instituti hamda Mo‘ynoq tumani hokimligi o‘rtasida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi
“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi yakunlari bo‘yicha Toshkent moliya instituti va Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hokimligi o‘rtasida umumiy qiymati 250 mln so‘mlik quyidagi yo‘nalishlarda ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan memorandum imzolandi:
✅Yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va startap loyihalarni qo‘llab – quvvatlashga qaratilgan Inkubatsiya dasturi;
✅Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yoshlarning innovatsion loyihalari va startaplarini qo‘llab-quvvatlash;
✅Kichik biznes subyektlarini rivojlantirish va investitsiyalar jalb etishga qaratilgan Akseleratsiya dasturi;
✅Ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirish, Orolbo‘yi hududida yoshlarning innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
✅Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Mazkur memorandum doirasida Toshkent moliya instituti jamoasi ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani hududida yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, yangi innovatsion loyihalar va startaplarni amalga oshirish, shuningdek, ekologik innovatsiyalarni rag‘batlantirish va Orolbo‘yi hududida yoshlarning innovatsion loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish choralari ko‘riladi.
TMI axborot xizmati