"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Moʻynoq tumanidagi amaliy saʼy-harakatlar

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Moʻynoq tumanidagi amaliy saʼy-harakatlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-24-fevral kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va  2022-yilning 25-fevral kuni oʻtkazilgan yigʻilishning 16-son bayon 10-bandi 3-xat boshida “Moʻynoq aeroportining muntazam ishlashini taʼminlash maqsadida turistlar mavsumi kamaygan vaqtda oʻquvchi talabalar va korxonalar xodimlari tashrifini tashkil etish” yuzasidan belgilangan vazifalar, shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 10-oktyabrdagi “Oliy va oʻrta maxsus va professional muassasalarida “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar” yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent moliya institutining bir guruh rahbar-xodimlari, professor-oʻqituvchilari hamda talaba-yoshlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumaniga tashrif buyurishdi.

 

 

 

 

Mazkur tashrif davomida talaba-yoshlar Moʻynoq tumani “Madeli” OFY Shege ovulida barpo qilingan “Moliyachi bogʻi” hududiga ekilgan 5 (besh) ming tup daraxt koʻchatlarini parvarishlash (yerlarni yumshatish, oʻtlardan tozalash, mahalliy oʻgʻitlash), sugʻorish, shuningdek, keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib borishdi.

 

 

 

 

 

Shuningdek, hududning tabiiy iqlim sharoitiga mos boʻlgan qoʻshimcha 200 (ikki yuz) tup daraxt koʻchatlari ekildi. Mazkur amaliy tadbirda Toshkent moliya instituti vakillari bilan birgalikda Moʻynoq tumani nuroniylari va yoshlari, ekologiya organlari hamda oʻrmon xoʻjalik vakillari faol ishtirok etib, tadbir yakunida osh dasturxoni hamda sanʼatkorlar ishtirokida madaniy – maʼrifiy tadbir uyushtirildi.

 

 

Amaliy tashrif doirasida Toshkent moliya instituti talaba-yoshlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputatlari (K.Jumaniyazov, L.Seytova), Qoraqalpog'iston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi rahbariyati (M.Jumaniyazov), Qoraqalpog'iston Respublikasi O'rmon xo'jaligi rahbariyati (O.Aminov), Muynoq tumani hokimi B.Menglibekovlar bilan muloqot qilib, "Yashil makon" umummilliy loyihasi, yashil iqtisodiyotga o'tish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan batafsil ma'lumotga ega bo'lishdi.

Eslatib oʻtamiz, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2022-yilning noyabr oyida Moʻynoq tumanida Toshkent moliya instituti rahbariyati va jamoasi tashabbusi bilan “Moliyachi bogʻi” barpo etilgandi.

 

 

 

 

 

 

15:18 / 2023-10-27
Success helper
Success warning