“Buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari Politexnika muzeyida boʻlishdi
10-dekabr kuni “Buxgalteriya hisobi” kafedrasining professor-oʻqituvchilari Politexnika muzeyida bo‘lishdi.
Muzeyga uyushtirilgan sayohat davomida transport va avtomobil vositalari, qishloq xoʻjaligi hamda ishlab chiqarish texnikalarining kelib chiqish tarixi, buyuk olimlar ixtirolari toʻgʻrisida maʼlumot olishdi.
Shu bilan birga xalqaro avtomobilsozlik va Oʻzbekistonning mashinasozlik tarixi bilan tanishishdi.
Qiziqarli va iliq taassurotlar boy boʻlgan ushbu tadbir so‘nggida “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri hamda professor-oʻqituvchilar estalik uchun suratga tushishdi.