"Nepotizmning bank-moliya va iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsiri" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

"Nepotizmning bank-moliya va iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsiri" mavzusida mahorat darsi tashkil etildi

Bugun, 13-mart kuni Bank ishi fakulteti "Bank ishi" kafedrasi tashabbusi bilan «Bristol», G‘arbiy Angliya Universiteti professori, malakali mutaxassis PhD Qobil Ro‘ziyev ishtirokida mahorat darsi tashkil etildi.

 

 

Mutaxassis "Bank ishi" kafedrasi professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlariga "Nepotizmning bank-moliya va iqtisodiy rivojlanishga salbiy taʼsiri" mavzusida maʼruza qildi.

 

 

 

O‘tkazilgan mahorat darsi savol-javob va mulohazalarga boy tarzda tashkil etildi.

 

 

Taʼkidlash joizki, Q.Ro‘ziyev kabi xorijiy oliy taʼlim muassasalari professorlari ishtirokida mahorat darslarining tashkil etilishi talabalar bilimini oshirishga va shu bilan birga professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan o‘tiladigan darslarda taʼlim sifati rivojiga hissa qo‘shishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

15:53 / 2023-03-13
Success helper
Success warning