"Valyuta siyosati" mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi
Ta’lim sifatini oshirish doirasida 2023-yil 2-noyabr kuni TMI-PDU qo‘shma fakultetining "Umumiy iqtisodiy fanlar" kafedrasi dotsent M. Kenjayev tomonidan SFFFT-43 guruhida "Valyuta siyosati" mavzusida ochiq ma’ruza o‘tkazildi.
Ochiq ma’ruza darsida valyuta siyosatining mohiyati va turlari, valyuta siyosatining instrumentlarining o‘ziga xos xususiyatlari amaliy ma’lumotlar asosida yoritib berildi.
Ochiq ma’ruza darsi "Valyuta siyosati" mavzusiga oid shakllantirilgan taqdimot orqali talabalarni erkin munozara yuritishga jalb qilish, shuningdek, mavzuda ilgari surilgan muammolar nimaligini anglab yetish hamda tahlil qilish yo‘nalishida olib borildi. Ochiq ma’ruza mavzusi muammoli, nazariy-amaliy jihatlarga ega bo‘lganligi bilan, talabalarda katta taassurot qoldirdi va qiziqish uyg‘otdi.