Moliya instituti – zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyat maskani

Moliya instituti – zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyat maskani

 

Toshkent moliya institutida 2023-yil 22-may kuni o‘tkazilgan navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oliy ta’lim muassasalariga kirish ostonasida turgan maktab o‘quvchilarini institutning o‘quv, ilmiy, yoshlar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Moliya” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. 







 

Institutning bu galgi mehmonlari Yunusobod tumanidagi 43-sonli ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktabining bir guruh iqtidorli o‘quvchilari bo‘ldilar.
 

Tadbir davomida o‘quvchilar institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari, fakultetlar va kafedralar faoliyati, institutning Axborot-resurs markazi, ma’ruza zallari, zamonaviy multmediya vositalari bilan jihozlangan o‘quv auditoriyalari, amaliyot xonalari va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.

 

21:00 / 2023-05-22
Success helper
Success warning