Ogohlik – davr talabi!
Joriy yilning 14-mart kuni Toshkent moliya institutida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikni oldini olish hamda talabalarning ogohlik va hushyorligini oshirish maqsadida “Ogohlik – davr talabi” mavzusida profilaktik davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev, O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim bo‘shlig‘i, podpolkovnik F.Usarov, Yunusobod tumani Ichki Ishlar bo‘limi, Yoshlar masalalari bo‘yicha mas’ul, podpolkovnik X.Matyoqubov, institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. O‘.Narbayev va barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlar hamda tyutorlari va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Ma’ruzachilar tomonidan bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni turlari, shuningdek, har qanday huquqbuzarliklar va jinoiy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun yoshidan va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarning tegishli moddalari bilan qonuniy javobgarlik belgilanganligi haqida ma’lumotlar berildi.
Talaba-yoshlarga “Har qanday huquqbuzarlik ertaga jinoyat ko‘chasi tomon yo‘l boshlashi mumkinligi, sodir etilishi ehtimoli bo‘lgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda beparvo bo‘lmaylik” deya murojaat qilindi.
Davra suhbati so‘ngida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.