“OITSsiz kelajakka bir qadam” mavzusida davra suhbati
Toshkent moliya institutining “Audit” kafedrasi pedagog-xodimlari va “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti talabalari, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Respublika OITS (Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi)ga qarshi kurash markazi mutaxassisi Xujayev Normoʻmin Tulamuratovich ishtirokida “Kafedra haftaligi” doirasida “OITSsiz kelajakka bir qadam” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Davra suhbatidan koʻzlangan asosiy maqsad – talabalarga OITS haqida maʼlumot berish va bu kasallikni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish hisoblanadi.