Toshkent moliya instituti Olima ayollar Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi
Joriy yil 8-yanvar kuni Toshkent moliya instituti Olima ayollar Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Kengash raisi Sh.Abdullayeva Olima ayollar Kengashining yangi yildagi vazifalari haqida to’xtalib, asosiy e’tiborni xotin-qizlarning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish, ayol pedagog xodimlar ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, ilm-fan va rahbarlik lavozimlarida ayollarning o’rni va mavqeini mustahkamlash maqsadlariga qaratish zarurligini ta’kidladi.
Yig’ilishda Olima ayollar Kengashining fakultetlar bo’yicha faollariga tegishli vazifalar berildi, yangi yilda o’tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar, institut ayollarini faol ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishlariga motivatsiya berish va ilm-fanga ruhlantirishdagi yangi mexanizm sifatida Kengashning faoliyatini tizimli ravishda takomillashtirib borishga qaratilgan takliflar muhokama etildi.