Olima ayol: ilmda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari
Joriy yil 11-yanvar kuni Toshkent moliya instituti Olima ayollar Kengashi tashabbusi bilan “Digital finance” akseleratsiya va inkubatsiya markazida “Olima ayol: ilmda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbirni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.Oblomuradov ochib berdi. Ilmiy-amaliy seminarda intitutning faxriy professor-o‘qituvchilari va tajribali olima ayollari Sh.Abdullayeva, D.Tadjiboyeva, F.Nazarova, N.Yunusova, F.Xamidova ilm yo‘lidagi mashaqqat va yutuqlari, hayotiy tajribalari va o‘gitlari bilan o‘rtoqlashib, ilm yo‘liga kirgan yosh ayol doktorantlar va ilmiy izlanuvchilarga ibrat va namuna bo‘ldilar.
Tadbir davomida “Bank ishi” kafedrasi dotsenti Sh.Davirova tomonidan tashkil etilgan motivatsion va kreativ o’yin, tajribali olima ayollarni hamda yosh izlanuvchilarni yagona g‘oya ostida yanada jipslashtirdi.
Seminar ishida faol ishtirok etgan ayol professor-o’qituvchilar va doktorantlarga institut Xotin-qizlar Kengashi raisi B.Nurmuxamedova tomonidan rag‘batlantiruvchi mukofotlar taqdim etildi.
“Ilm-fan cho‘qqilarini zabt etish mehnat, mashaqqat va fidoiylikni talab etadi” degan g‘oya bilan yo‘g‘rilgan ushbu ilmiy-amaliy seminar mazmunli va har tomonlama manfaatli bo‘ldi.