Toshkent moliya instituti talabalari  o'rtasida O'zbek tili fani bo'yicha  Olimpiada bo'lib o'tdi

Toshkent moliya instituti talabalari  o'rtasida O'zbek tili fani bo'yicha  Olimpiada bo'lib o'tdi

Talabalarning qishki ta'tilini mazmunli va samarali o'tkazish maqsadida Toshkent moliya instituti  "O'zbek va rus tillari" kafedrasi tomonidan 11.01.2022 sanasida "O'zbek tili" fani bo'yicha fan olimpiadasi bo'lib o'tdi. Olimpiada uchun test va nazorat savollari kafedraning professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqildi. Toshkent moliya instituti barcha fakultet  yo'nalishlarining 1-kurs talabalari  o'rtasida o'tkazildi.








"O'zbek tili" fan olimpiadasi 2 bosqichdan iborat bo'lib:

        1-bosqich - 20 ta test;

        2-bosqich - 10 ta nazorat savollari.

        Ushbu fan olimpiadasi adolatli, ochiq va shaffof tarzda o'tkazildi.

"O'zbek tili" fani bo'yicha o'tkazilgan fan olimpiadasida quyidagi natijalarga erishildi.
 

        1-o'rin Murodov Nodirbek SS-40-guruh;

        2-o'rin Rajabboyeva Mahfuza MM-42-guruh;

        3-o'rin Raxmonberdieva Ziyoda XBA-41-guruh.
 

Toshkent moliya instituti rahbariyati tomonidan:

1-o'rin uchun 1 mln  so'm;

2-o'rin uchun 750 ming  so'm;

3-o'rin uchun 500 ming  so'm pul mukofoti bilan munosib taqdirlandilar.

15:20 / 2022-01-12
Success helper
Success warning