“Buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlari: raqamli iqtisodiyot sharoitida qo’llash amaliyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy on-line konferensiyasi
Rossiya Xalqlar Do’stligi Universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti, “Buxgalteriya hisobi, audit va statistika” kafedrasi, Gumilyov nomidagi Evrosiyo Milliy universitetining “Iqtisodiyot” fakulteti, “Buxgalteriya hisobi, audit va tahlil” kafedrasi, Toshkent moliya institutining “Bank ishi” fakulteti “Bank hisobi va audit” kafedralari tomonidan “Buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlari: raqamli iqtisodiyot sharoitida qo’llash amaliyoti” mavzusida 2020-yil 20-fevral kuni xalqaro ilmiy-amaliy on-line konferensiya o’tkazildi.
On-line konferensiya xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, buxgalteriya hisobi, tahlil va auditni raqamli iqtisodiyot sharoitida tashkil qilish hamda takomillashtirishdan kelib chiqqan holda o’tkazildi.
Konferensiyada buxgalteriya hisobi, tahlil va audit sohasidagi xalqaro ekspertlar, soha mutaxassislari, oliy o’quv yurtlarining yetakchi professor-o’qituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar. Jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 5 ta, Qozog’iston Respublikasidan 5 ta, Qirg’iston Respublikasidan 2 ta va O’zbekiston Respublikasidan 2 ta oliy ta’lim muassasasi vakillari o’zaro fikr almashdilar.
“Bank hisobi va audit” kafedrasi mudiri Z.A.Umarov, “Audit va iqtisodiy tahlil” kafedrasi dotsenti Z.A.Sagdullaevalar o’z ma’ruzalari bilan plenar yig’ilishda chiqish qildilar.