“Qadring baland bo'lsin, ona tilim” 

“Qadring baland bo'lsin, ona tilim” 

O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganligining o'ttiz ikki yilligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida“Qadring baland bo'lsin, ona tilim” mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda Toshkent moliya instituti “O'zbek va rus tillari” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlar doktori Aktam Safarov, kafedra dotsenti Shaxnoza Maxkamova, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti boshlig'i, polkovnik Olimjon Axmedov, professor-o'qituvchilar, bo'lim, xizmat xodimlari va tinglovchilar ishtirok etdilar.






Tadbirda Toshkent moliya instituti “O'zbek va rus tillari” kafedrasi dotsentlari Aktam Safarov “Oʻzbek tili taraqqiyoti” mavzusida, Shaxnoza Maxkamova “Ona tili – millatning ruhi” mavzusida maʼruza qildilar va ular tomonidan til, nutq haqida allomalarning ibratli soʻzlari yuzasidan munozara oʻtkazildi. Munozarada faol ishtirok etgan tadbir ishtirokchilariga “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi tomonidan kitoblar sovgʻa etildi.



Tadbirda notiqlar va tinglovchilar tomonidan til, vatan haqida aytilgan she'rlar, hikmatli so'zlar ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.


 

18:19 / 2021-10-19
Success helper
Success warning