Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi

 

Toshkent moliya instituti hamda Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumida hamda “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasining “2023-yil taʼlim sifatini oshirish boʻyicha Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalari ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yil 17-mart kuni BDIRU Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakulteti hamda Toshkent moliya instituti vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
 

 Unda “Axborot tizimlari va raqamli texnologiyalar” kafedrasi mudiri PhD, dotsent D. Mirzayev hamda kafedra professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
 

Uchrashuvda xorijlik mutaxassislar tomonidan malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, onlayn uchrashuv soʻngida institutimiz vakillari BDIRUda may oyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan BDIRUda boʻlib oʻtadigan “BIG DATA AND ADVANCED ANALYTICS” IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etildi. 
 

Taʼkidlash joizki, xalqaro tajribalarni oʻrganish, xorijlik mutaxassislar bilan doimiy ravishda fikr-mulohazalar almashib borish taʼlim jarayonidagi yangi, zamonaviy yondashuvlarni rivojlantirishda muhim omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.

 

17:50 / 2023-03-23
Success helper
Success warning