Toshkent moliya instituti va Germaniyaning Manheym unversiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent moliya instituti va Germaniyaning Manheym unversiteti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda Germaniyaning Manheym unversiteti professori Maykl Zimmerman boshchiliga xorijiy unversitet vakillari hamda Toshkent moliya instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Islamkulov boshchiligida Xalqaro hamkorlik bo‘limi ishtirok etishdi.

 

 

Uchrashuv avvalida instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Islamkulov qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikrlar almashishdi va o‘zaro aloqalar o‘rnatgan holda istiqboldagi rejalarni ko‘rib chiqish uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish kerak ekanini ta’kidladi.

 

O‘z navbatida, Manheym unversiteti professori Maykl Zimmerman ham hamkor tomonni tashabbuslarini  yuqori baholab, ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini qayd etdi.

 

 

Shuningdek, tomonlar o‘rtasida hamkorlikda akademik mobillik, malaka oshirish kurslari va ilmiy konferensiyalar tashkil etishdan mamnun ekanliklarini bildirishdi. 

 

Uchrashuv yakunida tomonlar bu kabi muloqotlar davomli bo‘lishiga kelishib, mazkur hamkorlik ikki oliy ta’lim muassasalari rivojiga katta hissa qo‘shishini alohida e’tirof etishdi.

19:43 / 2023-09-16
Success helper
Success warning