Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Oliy muhandislik-iqtisodiyot maktabi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Oliy muhandislik-iqtisodiyot maktabi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi


2022-yil 4-mart kuni Toshkent moliya instituti Moliya kafedrasining xalqaro hamkorligi doirasida Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Oliy muhandislik-iqtisodiyot maktabi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.




Uchrashuvda hamkasblar universitetning bakalavriat, mutaxassislik va magistratura ta’lim dasturlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni taqdim etdilar.

Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad o‘quv, uslubiy va ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish boʻlib, kelgusida akademik mobillik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oʻzaro mehmon maʼruzachilar almashinuvi, shuningdek, taʼlim va ilmiy sohalarda OTMlarni birgalikda rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
 

20:21 / 2022-04-04
Success helper
Success warning