1-kurs akademguruh talabalariga o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

1-kurs akademguruh talabalariga o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Toshkent moliya instituti Byudjet hisobi va g’aznachilik fakultetining 1-kurs akademguruh talabalariga fakultet dekani R.Saidov, dekan o’rinbosari B.Izbosarovlar tomonidan 2021 yil 29 apreldagi institut Kengashida 9/5 sonli qarori bilan tasdiqlangan Toshkent moliya institutining ichki tartib-qoidalari tanishtirildi va atroflicha tushuntirildi.


Shu bilan birgalikda fakultet  talabalariga Talimning kredit tizimini boshqarish bo’ilimi boshlig’i J.Tursunov hamda bo’lim hodimlari tomonidan Kredit-modul tizimi va Hemis platformasi bo‘yicha o‘quv-trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.


O‘quv mashg‘ulotlari davomida kredit tizimi o‘zi nima?, kredit-modul tizimi qanday tamoyillar asosida qurilgan?, tizim qanday ehtiyojlar asosida paydo bo‘lgan?, modul tizimi mamlakat oliy ta’lim tizimiga nimalarni beradi?, tizimda o‘quv dasturlari qanday yaratiladi? kabi ma’lumotlar 1-bosqich talabalariga atroflicha tushuntirildi.


Kredit-modul tizimiga ixtisoslashgan Hemis elektron platformasidan foydalanish qoidalari va afzallik jihatlari haqida ham soha mutahasislari axborot berdilar.

 

 

 

 

 

01:25 / 2021-09-30
Success helper
Success warning