Talabalarimiz champion!

Talabalarimiz champion!

2023-yil 3-may Qirgʻiziston Respublikasi Uzgen shahrida sportning “Kikboksing” turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti BIA-76 guruh talabasi Baxronov Ulugʻbek 75 kg vazn toifasida qatnashib faxrli I oʻrinni egalladi.

 

 

4-6-may 2023-yil Fargʻona viloyatida sportning “Belbogʻli kurash” turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada Toshkent moliya instituti “Moliya” fakulteti 1-bosqich talabasi Abdunabiyeva Farangiz 52kg vazn toifasida qatnashib faxrli I oʻrinni egallab, 20-25 may kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

 

 

Ushbu gʻalabalar bilan Toshkent moliya instituti jamoasi “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi jamoasini tabriklaydi.

15:19 / 2023-05-12
Success helper
Success warning