Rektor Polotsk davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan uchrashdi
Xabar qilganimizdek, ayni vaqta Toshkent moliya instituti rektori boshchiligidagi delegatsiya taʼlim yoʻnalishidagi xalqaro hamkorliklarni yanada kengaytirish maqsadida Belarus Respublikasida xizmat safarida boʻlib turibdi.
Mazkur tashrif davomida institut rektori T.Z.Teshabayev Polotsk davlat universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan ham uchrashdi.
Maʼlumki, Toshkent moliya instituti hamda Polotsk davlat universitetlari oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ayni vaqta mazkur qoʻshma fakultetda 300 nafardan ortiq talabalar tahsil olishmoqda.
Kelishuvga koʻra, talabalarimiz PDUda ham tahsil olishadi. Rektor uchrashgan ushbu guruh ikkinchi boʻlib, avvalgi kurslar ham Polotsk davlat universitetida tahsil olib qaytishgan.
Rektor oʻz nutqida, avvalo, TMI hamda PDU kabi ikki nufuzli oliy taʼlim dargohida tahsil olish baxtiga muyassar boʻlgan talabalarni chin qalbdan tabriklagan holda, Belarus oʻlkasidagi taʼlim tizimi va talabalik hayoti haqida talabalar bilan fikr almashdi.
Suhbat samimiy va doʻstona ruhda oʻtib, talabalar mazkur uchrashuvdan xursand boʻlganliklarini alohida taʼkidlashdi.
Hamkorlikni samarasini oshirishga qaratilgan faoliyat davom etmoqda.