TMI vakillari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT)  yoʻnalishi boʻyicha xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

TMI vakillari Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT)  yoʻnalishi boʻyicha xalqaro anjumanda ishtirok etishdi

2022-yil 13-oktabr kuni Sochi shahrida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning oldini olish (POD/FT)  yoʻnalishi boʻyicha Xalqaro tarmoq institutiga (MSI) aʼzo oliy taʼlim muassasalarining XVII yalpi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  

 

Mazkur xalqaro anjumanda institut doktoranti F.Xamidova va Iqtidorli talabalarni ilmiy tadqiqot  faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i G.Xalikulova ishtirok etdilar.

 

Ushbu yig‘ilishda Xalqaro tarmoq institutiga aʼzo oliy taʼlim muassasalarining faoliyati, Xalqaro tarmoq instituti faoliyatini takomillashtirish,  “Sodrujestvo” xalqaro ilmiy va ta'lim raqamli platformasini tashkil etish bo‘yicha va boshqa masalalar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

18:21 / 2022-10-14
Success helper
Success warning