“Priceme.uz” Mulkni baholashning yagona portali elektron dasturi taqdimoti boʻlib oʻtdi
2022-yil 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307 son “2022-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Priceme.uz” Mulkni baholashning yagona portali elektron dasturi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimotda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Baholash va rieltorlik faoliyatini muvofiqlashtirish departamenti direktori N.Xusanov va agentlikning tegishli xodimlari, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mutaxasisi A.Agzamov, “Kiberxavfsizlik” DUK attestatsiya boʻlimi boshligʻi F.Ubaydullayev, Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi rahbari A.Islamov, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati rahbari F.Mirsoatov, Oʻzbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati rahbari B.Gaziyeva, Baholovchi kompaniya vakillari va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor A.Islamkulov, Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish boʻlimi boshligʻi N.Mavlanov, Ishlanma mualliflari A.Shomirov va J.Baxranovlar ishtirok etishdi.
Taqdimotda “Priceme.uz” Mulkni baholashning yagona portali elektron dasturini joriy etish boʻyicha keng muhokamalar boʻlib oʻtdi. Muxokamalar natijasida joriy etish ketma-ketligi va kelgusi hamkorlik yoʻllari kelishib olindi.