Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi qabul e'lon qiladi!

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi qabul e'lon qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Oliy ta’lim muassasalarining bakalavr va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarni quyidagi ekspertiza turlari bo‘yicha dual ta’lim prinsipi asosida qayta tayyorlash o‘quv qursalariga taklif etadi.

 

ta’lim prinsipi asosida qayta tayyorlash o‘quv qursalariga taklif etadi:

T/r

Ekspertiza turlari

  1.  

Sud-xatshunoslik ekspertizasi

  1.  

Hujjatlarning sud-texnikaviy ekspertizasi

  1.  

Sud-trasologik ekspertizasi

  1.  

Tolali materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

  1.  

Polimer materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning sud ekspertizasi

  1.  

Lok-bo‘yoq materiallari va qoplamalarining sud ekspertizasi

  1.  

Neft mahsulotlari va yoqilg‘i-moylash materiallarining sud ekspertizasi

  1.  

Tabiiy minerallar sud ekspertizasi

  1.  

Shisha buyumlari va silikatli qurilish materiallarining sud ekspertizasi

  1.  

Metall buyumlari va qotishmalarining sud ekspertizasi

  1.  

Dori vositalarining sud ekspertizasi

  1.  

Tabiati noma’lum moddalarning sud ekspertizasi

  1.  

Tarkibida spirt bo‘lgan suyuqliklar va ularning izlari sud ekspertizasi

  1.  

Maxsus markerlar (ko‘rsatkichlar) sud ekspertizasi

  1.  

Oziq-ovqat mahsulotlarining sud ekspertizasi

  1.  

Sud-biologik ekspertizasi

  1.  

Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi

  1.  

Sud-transport-trasologiya ekspertizasi

  1.  

Sud-transport-baholash ekspertizasi

  1.  

Sud-iqtisodiy ekspertizasi

  1.  

Sud-buxgalteriya ekspertizasi

  1.  

Sud-moliya-kredit ekspertizasi

  1.  

Mehnat iqtisodiyoti sud ekspertizasi

  1.  

Sud-rejali-iqtisodiyot ekspertizasi

  1.  

Sud-iqtisodiy-statistik ekspertizasi

  1.  

Tashqi savdo faoliyatining sud-iqtisodiy ekspertizasi

  1.  

Sud-qurilish-texnikaviy ekspertizasi

  1.  

Sud-yer ekspertizasi

  1.  

Sud-tovarshunoslik ekspertizasi

  1.  

Sud-fonografiya ekspertizasi

  1.  

Videomateriallarning sud ekspertizasi

  1.  

Sud-siyosatshunoslik-lingvistik ekspertizasi

  1.  

Sud-filologik ekspertizasi

  1.  

Sud-kompyuter-texnikaviy ekspertizasi

  1.  

Sud-psixologik ekspertizasi

  1.  

Sud-elektrotexnikaviy ekspertizasi

 

Sud ekspertiza sohasida dual ta’lim bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash ixtiyoriylik asosida sud ekspertizasining muayyan turi bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagini bildirgan talabgorlar uchun pullik shartnoma asosida tegishli ekspertiza turlari bo‘yicha kamida olti oylik kurslar shaklida tashkil etiladi.

Talabgorlarni o‘quv kursiga qabul qilish suhbat shaklida o‘tkazilib, suhbat talabgorning tanlayotgan kasbga qiziqishi, soha bo‘yicha tayanch bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘quv kursining nazariy qismi oliy ta’lim muassasalarining malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan masofaviy yoki ananaviy shaklda, amaliy qismi davlat sud-ekspertiza muassalarida malakali sud ekspertlari tomonidan olib boriladi.

O‘quv kursini muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga sud eksperti sifatida kasbiy layoqatni tasdiqlovchi sertifikat beriladi va ular kelgusida Davlat va nodavlat sud ekspertiza tashkilotlarida sud eksperti sifati ishlashi mumkin.

O‘quv kurslarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar onlayn tarzda https://sudex.uz/  rasmiy veb-sayti orqali hamda bevosita X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markaziga quyidagi hujjatlarni topshirishlari mumkin: 

– davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbari nomiga ariza (arizada talabgorning muassasada ta’lim beriladigan tillardan birida imtihon topshirishi va ta’lim olishi ko‘rsatiladi); 

– talabalar uchun tahsil olayotganligi haqida ma’lumotnoma;

Hujjatlar 2022-yilning 1-avgust kunidan 2022-yilning 
15-sentyabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 209-11-55 telefon raqami hamda info@sudex.uz elektron pochtasi orqali olishingiz mumkin. 

18:47 / 2022-08-22
Success helper
Success warning