Toshkent moliya instituti talabasi bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat!
Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk davlat universitetlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi asosida tashkil etilgan TMI-PDU qo‘shma fakultetiga hujjatlar qabuli boshlanganini ma’lum qilamiz.
Hujjatlar 2023-yil 31-iyuldan 12-sentyabrga qadar http:sf-tfi-pgu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
Abiturientlar quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishi mumkin:
Kirish imtihonlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq ikki bosqichda test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Test sinovlari rus tilida quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:
Ma’lumot uchun: 2019-yilda Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti hamkorligida Qo‘shma fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu fakultetda “3+1” ta’lim dasturi asosida 400 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Qo‘shma fakultet talabalari 3 yil Toshkent moliya institutida va 1 yil Polotsk davlat universitetlarida tahsil oladilar. Fakultetda ta’lim rus tilida olib boriladi.
Qo‘shma fakultetda o‘qish davomida bir o‘quv yilini Yevropada davom ettirish hamda ulkan tajriba va taassurotga ega bo‘lish imkoniyati va qo‘shma fakultetini tamomlagan bitiruvchilarga:
2023-yil mazkur fakultetning ilk bitiruvchilariga qo‘shma diplomlar berildi. (Diplom berish marosimi bilan quyidagi videoda tanishing - https://youtu.be/abaVc9qMYss)
Abiturientlarning talaba bo‘lish orzusini amalga oshirish maqsadida Qo‘shma fakultetiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Hujjatlar qabuli 2023-yil 12-sentyabrga qadar davom etadi.
Manzil: Toshkent shahri A.Temur 60-A uy.
Veb-sayt: http:sf-tfi-pgu.uz 📞 +99871 234 01 36