“Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

“Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2023-yil 10-fevral kuni “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedra haftaligi doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlab  “Qalbimizda mangu yashar buyuk siymolar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat doirasida S.Sobirjonov, N.Aliyeva, K.Murotmusayev hamda M.Xoldorov tomonidan so‘nggi yillarda ulug‘ ajdodlarimizga nisbatan munosabat har qachongidan ham yuksak bosqichga ko‘tarilgani, ularning ma’naviy-ma’rifiy merosini o‘rganishga bo‘lgan e’tibor tubdan kuchayganligi, xususan, bugungi kunda buyuk siymolarimiz Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy-madaniy merosini asrab-avaylash hamda keng ommalashtirish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Jumladan, davra suhbati davomida “Eng yaxshi trener” grand pri sovrindori,  “Jismoniy va ruhiy salomatlik bu - anglamoq” xalqaro dasturi asoschisi va muallifi Komiljon Murotmusayev Bo‘riboyevich talaba-yoshlar qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda kitob va kitobxonlikning ahamiyati,  yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talabni o‘rganish, talaba – yoshlarda o‘smirlik davrida liderlikni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, kirishuvchanlik va muloqotchanlik sifatlarini oshirishga ta’sir etuvchi omillar hamda lider fenomeni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

 

Shuningdek, kafedra dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich ushbu tadbirni buyuk ajdodlarimiz nafaqat ilmiy-ijodiy balki, milliy davlatchilik va adolatli jamiyat barpo etish borasidagi faoliyati bilan ham jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgani haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

 

Davra suhbati so’ngida “Info Capital Books” nashriyot uyiga tegishli bo’lgan jahon va o’zbek adabiyotlari ko‘rgazma – yarmarkasi bo’lib o’tdi.

13:41 / 2023-02-16
Success helper
Success warning