Qozon Federal universitetining Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi
2022-yil 24-mart kuni Qozon Federal universitetining Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Professor Bagautdinova Nailya Gumerovna ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonni institut rektori Prof. T.Teshabayev kutib oldilar.
Uchrashuv davomida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma diplom dasturini yo‘lga qo‘yish hamda professor-o‘qituvchilarni ma’ruza mashg‘ulotlariga jalb qilish, ikki tomonlanama hamkorlikda ilmiy ishlar va grant loyihalarini tayyorlash, talabalar uchun almashinuv dasturlari, shuningdek, yozgi maktablarni hamkorlikda tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.