Toshkent moliya instituti hamda QS Stars tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi

Toshkent moliya instituti hamda QS Stars tashkiloti o‘rtasida memorandum imzolandi

Xabar qilganimizdek, institut delegatsiyasi Malayziya davlati poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan “QS Oliy ta’lim sammiti: Osiyo Tinch okeani – 2023” (QS Higher Education Summit: Asia Pacific - 2023)da ishtirok etmoqda. Mazkur sammit doirasida 7-noyabr kuni Toshkent moliya instituti hamda QS  reyting agentligi o‘rtasida institut xalqaro maqomini oshirish (QS Stars ) bо’yicha memorandum imzolandi. 

 

Mazkur maqom institutning ta’lim sifati, ilmiy tadqiqot faoliyati, moddiy texnika bazasi, xalqaro aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

 

17:49 / 2023-11-08
Success helper
Success warning