Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif

Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif

Bugun Iqtisodiyot fakulteti tyutori Raimov Xurshid o‘ziga biriktirilgan IM-80 akademik guruh talabalari bilan Qurolli kuchlar muzeyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalarga qisqacha qiziqarli maʼlumotlar berib o‘tildi. 1965-yilda tashkil topgan. Muzey ekspozitsiyasi Qurolli Kuchlar tarixi, Markaziy Osiyo xalqlari harbiy sanʼati, shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari rivojlanishining hozirgi davrini aks ettiradi.

Shuningdek muzeyda buyuk sarkarda Amir Temurga bag‘ishlangan alohida "Temuriylar davri harbiy sanʼati" ekspozitsiyasi ham mavjud. Bu yerda harbiy yurishlar xaritalari, askarlar saflanishining sxemalari, qurol-aslahalar, nishonlar va Temuriylar davrining boshqa eksponatlari o‘rin olgan. O‘zbekiston xalqining ikkinchi Jahon urushida ishtirokiga bag‘ishlangan ekspozitsiya ham mavjud. "Mustaqil O‘zbekistonni qo‘riqlash" ekspozitsiyasida qo‘shin turlari, harbiylar hayoti, ularning jangovar va harbiy-siyosiy tayyorgarligi haqida maʼlumotlar olishdi. Talabalarda chuqur taassurotlar qoldi.





22:27 / 2021-12-03
Success helper
Success warning