"Raqamli iqtisodiyot sharoitida onlayn tijorat” mavzusidagi master-klass darsi o‘tkazildi

"Raqamli iqtisodiyot sharoitida onlayn tijorat” mavzusidagi master-klass darsi o‘tkazildi

Toshkent moliya institutida  2023-yil  19-oktabr  kuni  "InnoWeek-2023" xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha masʼul pedagog xodimlar tomonidan tashkil qilingan “Raqamli iqtisodiyot sharoitida onlayn tijorat (Uzum market misolida)” mavzusidagi master-klass darsi o‘tkazildi.

 

Ushbu master klassga “Uzum savdo akademiyasi” kursi asoschilari hamda  "Topseller" Ashurov Komilxon va Zokirov Abdulatiflar taklif qilindi.

 

 

Taklif qilingan vakillar  hozirgi kunda raqamli iqtisodiyotda  onlayn tijorat savdosi, uni yo‘lga qo‘yish bosqichlari haqida taqdimot qildilar. Onlayn savdo qilish platformalari bilan tanishtirilib, unda o‘z tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda talab etiladigan qonun qoidalar to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.

 

Talaba va professor o‘qituvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javoblarini olishdi. Master-klass talabalarda katta taassurot uyg‘otdi.

17:19 / 2023-10-19
Success helper
Success warning