Raqamli texnologiyalar—muvaffaqiyatli karyera garovi

Raqamli texnologiyalar—muvaffaqiyatli karyera garovi

Institut Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishbo‘limi va “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi hamkorligida 2021-yil 5-noyabr kuni “Raqamli texnologiyalar—muvaffaqiyatli karyera garovi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
 

Tadbir institut professor-o‘qituvchilari, Buxgalteriya hisobi va audit fakultetining 4 bosqich talabalari hamda mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va soliq sohasida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha eng yirik tashkilotlardan biri VENKON kompaniyasi vakillari ishtirokida o‘tkazildi.



 

Tadbirda institut Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i, dotsent N.Mavlanov, “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri U.Yakubov va VENKON kompaniyasi bo‘lim boshlig‘i Sarvar Tairovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda zamonaviy kadrlar tayyorlash va muvaffaqiyatli karyerani yo‘lga qo‘yishda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va nazariy bilimlarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlashning dolzarbligi, yosh mutaxassislarni o‘z kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va o‘zaro hamkorlik masalalariga atroflicha to‘xtalib o‘tishdi.



 

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishib, kelgusida VENKON kompaniyasiga ishga joylashish imkoniyatlari xususida o‘zaro manfaatli muloqotlar amalga oshirildi. Tadbir so‘ngida VENKON kompaniyasi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida buxgalteriya hisobi sohasida kadrlarni ishga jalb qilish bo‘yicha MЕMORANDUM imzolashga kelishib olindi.

 

18:19 / 2021-11-08
Success helper
Success warning