Shaxmat va shashka sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi  

Shaxmat va shashka sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi oʻtkazildi  

2023-yil 18-aprel kuniToshkent moliya institutining sport majmuasida “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda “Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar” boʻlimi tomonidan “Sport-sogʻlik garovi” shiori ostida shaxmat va shashka sport turi boʻyicha “Rektor kubogi” musobaqasi yuqori saviyada oʻtkazildi. Ushbu musobaqada 200 dan ziyod talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. 

 

 

 

 

Sovrinli oʻrinni egallagan talabalar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

 

Shaxmat sport turi boʻyicha yigitlardan:


  1-oʻrinni   Qadamboyev Saidbek “Moliya” fakulteti talabasi;
  2-oʻrinni    Jabborberganov Dilmurod “Moliya” fakulteti talabasi ;
  3-oʻrinni     Iskandarov Anvar “Bank ishi” fakulteti talabasi egalladi

 

Shashka sport turi boʻyicha qizlardan:


 1-oʻrinni   Jalilova Gulruh “Soliqlar va sugʻurta” fakulteti talabasi; 
 2-oʻrinni   Abdumuminova Feruza “Bank ishi” fakulteti talabasi;
 3-oʻrinni    Sodiqova Durdona “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi egalladi.

 

 

 

 

Taqdirlash “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamda “Moliyachi” sport klubi tomonidan amalga oshirildi. Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar diplom, va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

17:04 / 2023-04-19
Success helper
Success warning