Badminton hamda Shaxmat va Shashka sport turlari bo‘yicha institutimizning talaba-yoshlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

Badminton hamda Shaxmat va Shashka sport turlari bo‘yicha institutimizning talaba-yoshlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi

2023-yil 4-noyabr kuni Toshkent moliya institutining sport majmuasida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat” boshqarmasi, “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi hamda “Moliyachi” sport klubi tomonidan sportning Badminton hamda Shaxmat va Shashka turlari bo‘yicha institutimizning talaba-yoshlari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Mazkur musobaqada institutimizning barcha fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Musobaqa ko‘tarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Ayni damda sportning futbol hamda shaxmat turlari bo‘yicha “Talabalar ligasi” sport musobaqasining VI-tur o‘yinlari ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa 300 dan ortiq talaba-yoshlarni qamrab oldi.

18:44 / 2023-11-04
Success helper
Success warning