Toshkent moliya institutida “Referendum-2023: Konstitutsiyam-qadru qimmatim” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 1-aprel kuni Toshkent moliya institutida “Referendum-2023: Konstitutsiyam-qadru qimmatim” shiori ostidagi tadbir tashkil etildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari, elimiz ardog‘idagi sanʼatkor va aktyorlar, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Konsert dasturi formatida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida sanʼatkorlar, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar so‘z olib, barchani 30-aprelga belgilangan Referendumda faol bo‘lishga, ishtirok etishga chaqirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli Xor jamoasi, “O‘zbekkonsert”estrada birlashmasi, “Moliyachi gulshani” ansambli xonandalari ijrosida qo‘shiqlar guldastasi tadbir ishtirokchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.