TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “REKTOR KUBOGI”
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stitbol va «Workout» sport turlarini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5282-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 23-24 noyabr kuni Toshkent moliya instituti sport majmuasida institutning 1-bosqich talabalari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “REKTOR KUBOGI” bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada barcha fakultet talabalari faol ishtirok etildi. Musobaqani tashkil etishda institutimiz “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat” bo‘limi, “Kasaba uyushmasi” hamda “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi:
I-o‘rin -“Iqtisodiyot” fakulteti
II-o‘rin -“Soliqlar va sug‘urta” fakulteti
III-o‘rin -“Moliya” fakulteti
Musobaqada g‘olib va sovrindor talabalarimizni “Moliyachi” sport klubi tomonidan munosib taqdirlandilar.