Rektor stipendiyasi uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi

Rektor stipendiyasi uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi

Iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlashga eʻtiborni yanada kuchaytirish maqsadida “Rektor stipendiyasi” tanlovini oʻtkazilishini eʻlon qilamiz.

 

Talabalarga “Rektor stipendiyasi”ni tayinlash uchun quyidagi mezonlarni bajarish belgilanadi:

 

➡️aʻlo oʻqish(umumiy baholar sonidan 25% 4 boʻlishi mumkin , 2021-2022-oʻquv yilida faqat 5 baho boʻlishi lozim) va ilmiy ishlarda ishtirok etish;

 

➡️umumtaʻlim tayyorgarligini ilmiy-tadqiqot (ijodiy ishlar) ishlari bilan uygʻunlashtirish;

 

➡️yoʻnalishlar boʻyicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

 

➡️kamida ikkita eʻlon qilingan ilmiy ishlar yaʻni maqola( tezislar bundan mustasno) mavjudligi;

 

➡️davlat tilini va bitta xorijiy chet tilni bilish talab qilinadi;

 

➡️Oʻzbekiston tarixini bilish.

 

➡️tillarni, axborot texnologiyalarini, Oʻzbekiston tarixini bilish boʻyicha talab darajalarini tegishli kafedralar belgilaydi.

 

“Rektor stipendiyasi”ga nomzodlar koʻrsatish, talabgorlar nomzodlarining oʻqishdagi va ilmiy (ijodiy) faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ommaviy ravishda muhokama qilingandan soʻng talabgorlar dastlabki koʻrib chiqish uchun quyidagilarni topshiradilar:

 

-  Passport nusxasi,obyektivka,sinov daftarchasidan koʻchirma;

-  dekanat, kafedra tavsiyanomasi;

ilmiy (ijodiy) ish annotatsiyasi;

rahbarning fikr-mulohazalari;

ilmiy (ijodiy) ishga taqriz;

ilmiy ishlar roʻyxati va ularning bosma nusxalari.

 

Barcha hujjatlar bir nusxada taqdim qilinadi. Tanlovda bakalavr 2,3,4 kurs talabalari, magistratura boʻlimidan 2 kurs magistrantlari ishtrok etishi mumkin. Har bir fakultetdan 1 ta gʻolib talaba beriladi.

 

Hujjatlar 2022-yil 15-dekabr kuniga qadar "Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" boʻlimida qabul qilinadi.

 

Kechikkan va talabga javob bermaydigan hujjatlar qabul qilinmaydi.

 

TMI axborot xizmati

 

14:10 / 2022-12-09
Success helper
Success warning