Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining bayram tabrigi

Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent moliya instituti rektorining bayram tabrigi

 

Assalomu alaykum, muhtaram professor-o‘qituvchilar!

Aziz talaba-yoshlar!

 

Avvalo, Sizlarni, Siz orqali butun oila-a’zolaringizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami munosabati bilan o‘zim va institut rahbariyati nomidan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

2023-yil institutimiz hayotida, xususan, professor-o‘qituvchilarimizning kasbiy yuksalishida, ilmiy salohiyati oshishida, talaba-yoshlarimizning ilm va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishida takrorlanmas, yuqori natijalarga boy yil bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  O‘z nihoyasiga yetib borayotgan 2023-yil davomida oliygohda ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, “fan-ta’lim-ishlab chiqarish” integratsiyasini rivojlantirish borasida ko‘plab amaliy sa’y-harakatlar olib borildi. Institut xalqaro va mahalliy reytinglarda munosib o‘rinlarni egalladi. Ko‘plab professor-o‘qituvchilarimiz xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan malaka oshirish kurslarida, turli konferensiya, seminar-treninglarda ishtirok etib kelishdi. Shuningdek, talaba-yoshlarimizning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish,  ularga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda. Mazkur amaliy sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, bir qator talaba-yoshlarimiz mahalliy va xorijiy fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab qaytishdi. Talabalarimiz Prezident granti, Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga aylanishdi. Institutda yoshlarimizning “Talabalik hayoti”ni tom ma’noda unutilmas darajada o‘tkazishlari uchun yuqori saviyadagi tadbirlar, takrorlanmas uchrashuvlar o‘tkazildi. Alohida ta’kidlash joizki, talaba-yoshlarimiz nafaqat o‘qish jarayonida, balki turli respublika va xorijiy sport musobaqalarida ham munosib qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallashdi. Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarishdi. Albatta, talaba-yoshlarimizning bunday yuksak marralarni zabt etishlarida institutda faoliyat yuritayotgan pedagog-xodimlarning o‘rni va mehnatlari tahsinga loyiq.

 

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar!

Aziz talabalar!

 

Fursatdan foydalanib, yana bir bor kirib kelayotgan yangi 2024-yil bilan sizlarni qutlayman. Professor-o‘qituvchilarimiz kelgusida vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotiga xizmat qiladigan kadrlarga ta’lim-tarbiya berishda charchamasdan mehnat qilishlariga, talaba-yoshlarimizga esa o‘z oldilariga qo‘ygan marralarga yangi yilda erishishlariga, yanada katta yutuqlarni qo‘lga kirishlariga tilakdoshman. Kirib kelayotgan yangi yil barchamiz uchun xayrli va muvaffaqiyatli bo‘lsin!

 

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!

 

Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev

12:44 / 2023-12-30
Success helper
Success warning